Aloqa

Birinchi qadamni bugun tashlang

Formani toʻldiring — menejerimiz tez orada siz bilan bogʻlanadi va barcha savollaringizga javob beradi.

Kursga yoziling

Maʼlumotlaringizni qoldiring — menejerimiz tez orada qoʻngʻiroq qiladi.

Maʼlumotlaringiz faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatiladi.

FAQ

Koʻp beriladigan savollar

Darslar qanday metodika asosida oʻtadi?

Communicative Language Teaching (CLT) asosida: darslar gapirishga qurilgan — juftlik va guruh mashqlari, rol oʻyinlari, muhokama va real hayotiy vaziyatlar. Grammatika va lugʻat ham kontekst ichida, muloqot orqali oʻrganiladi.

Darslar qancha davom etadi va haftada necha marta boʻladi?

Darslar haftada 3 marta: IELTS ZONE’da 1,5 soatdan, CEFR ZONE’da 2 soatdan. Bundan tashqari, har kuni 30 daqiqa ikkinchi ustoz bilan qoʻshimcha shugʻullanishingiz mumkin.

Darajamni bilmasam nima qilaman?

Muammo yoʻq. Menejerimiz darajangizni aniqlab, sizga mos guruhni tavsiya qiladi — buning uchun ariza qoldiring yoki qoʻngʻiroq qiling.

“Ikkinchi ustoz” nima degani?

Darslarni asosiy ustoz (General English, IELTS 7.5+) yoki IELTS instructor (IELTS guruhlari, 8.0+) olib boradi. Ikkinchi ustoz (7.0+) esa har kuni 30 daqiqa siz bilan qoʻshimcha shugʻullanadi: tushunmagan mavzularni tushuntiradi va amaliyot oʻtkazadi.

Davomat qoidalari qanday?

Tizimimiz talabchan: ketma-ket 3 ta darsni sababsiz qoldirgan oʻquvchi markazdan chetlatiladi. Har 1,5 oyda nazorat imtihoni ham oʻtkaziladi.

Qaysi filialda oʻqiyman?

IELTS va General English guruhlari Main Branch va New Branch’da, CEFR guruhlari esa CEFR ZONE filialida. Oʻzingizga qulay manzilni tanlashingiz mumkin.